FIFA 14 o‘yini bo‘yicha Dream — Pro A professional ligasining ishtirokchilari orasida ikki g‘olibning ismlari ma’lum bo‘ldi
10.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
9 sentyabr kuni poytaxtning “Alyans Arena” klubida FIFA 14 o‘yini bo‘yicha Dream — Pro A professional ligasi ishtirokchilari orasida final saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 30 avgust kuni boshlangan va SPS4 o‘yin konsolilarida o‘tkazilgan ushbu musobaqalarda hammasi bo‘lib 64 e-sportchi ishtirok etishdi.
“Alyans Arena” superfinal ligasida birinchi o‘rinni Abdusapi Qayumov, ikkinchi o‘rinni – Sirojiddin Kamolov, uchinchi o‘rinni – Anvar Qodirovlar egallashdi. Shunday qilib, Abdusapi va Sirojiddin e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston chempionatining milliy finali – ESWC 2014 jahon kubogi finalining saralash turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kitirdilar.
Qo‘shib o‘tamiz, 26 sentyabr kuni ICTExpo2014 ko‘rgazmasining bosh sahnasida bo‘lib o‘tadigan Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 milliy finalida 8 finalchi ishtirok etadi. Uch finalchi – Buxoro, Samarqand va Farg‘ona hududiy saralash turnirlarining g‘oliblari, ikki finalchi “Alyans Arena” ligasining finalchilari, va nihoyat, uch finalchi 14 sentyabr kuni Toshkent hududiy turniri natijasida saralab olinadi.
FIFA 14 bo‘yicha O‘zbekiston Chempioni Fransiyadagi ESWC 2014 jahon kubogining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Batafsil fotolavha: https://www.facebook.com/ucguz/posts/1691650057727872