TeliaSonera rahbariyati a’zolari hamda sarmoyadorlarining O‘zbekistondagi Ucell Kompaniyasiga uyushtirgan tashrifi samarali o‘tdi!
09.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

3-4 sentyabr kunlari, TeliaSonera Guruhining 12 nafar asosiy sarmoyador vakillari va TeliaSonera rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Tashrifning asosiy maqsadi, Ucell Kompaniyasining faoliyati bilan yaqindan tanishish, TeliaSonera qabul qilgan ichki siyosati bo‘lmish Axloq Kodeksi, barqaror biznes yuritish standartlarini Ucell tomonidan amalda qo‘llanilishining o’rganib chiqilishi bo‘ldi.

Mehmonlar Qozog‘istondagi Ucell Kompaniyasining sho’ba korxonalaridan biri bo‘lmish Kcell kompaniyasidan O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Sarmoyadorlar TeliaSonera, Kcell va Ucell vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot tarzidagi samarali uchrashuvlardan mamnun bo‘ldilar.

O‘zbekistonga bo‘lgan tashrif davomida, Shvedsiya va Finlyandiya hukumati a’zolaridan tashkil topgan guruh, o‘zbek bozorining rivojlanishi, Ucell hodimlari bilan suhbatdan, hukumat hamda mahalliy bizness hamkorlar va xalqaro institutlar vakillari bilan uchrashuvlarni yuqori baholadilar.

Shuningdek, tashrif davomida sarmoyadorlar TeliaSonera Vitse-Prezidenti va Evrosiyo mintaqasi rahbari boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining raisi — janob Xurshid Mirzohidov bilan uchrashishga muyassar bo‘ldilar. Uchrashuv davomida, telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi mobil operatorlar bilan o‘zaro hamkorlik, O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish hamda TeliaSonera kompaniyasi bilan kelajakda amalga oshiriladigan rejalar haqida so‘z bordi.

Tashrif buyurgan vakillar O‘zbekistonda jamiyat va guruh rivoji uchun ochiq hamda barqaror biznes yuritishga o‘z diqqat e’tiborini qaratgan Ucell Kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadilar. Kompaniya O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bir qator qonunlar, xalqaro normalar, TeliaSonera qabul qilgan Axloq kodeksiga, antikorrupsiya ichki dasturida keltirilgan qoidalarga amal qilishga harakat qilmoqda.

TeliaSonera Senior Vitse-Prezidenti va korporativ kommunikatsiyalar guruhi rahbari Piter Borsos, O‘zbekistonga tashrifi doirasida quyidagilarni ta‘kidladi: «Tashrif samarali o’tganidan mamnunman. Sarmoyadorlarimizning fikricha, barqarorlik bo‘yicha yuzaga kelgan masalalarni Ucell Kompaniyasi hal etib kelmoqda. Sarmayodorlar guruhi a’zolari tashrif davomida olgan tassurotlaridan mamnun bo’ldilar. Barqaror biznes yuritish mavzusi doimiy izlanishlarni talab qilsada, Ucell to‘g‘ri yo‘lni tanlaganligi muhim ahamiyatga ega».

2014 yilning 15 sentabridan Ucell Bosh Direktori lavozimini egallaydigan Tonu Gryunbergning ta’kidlashicha, sarmoyadorlarning tashrifi ayni muddao bo‘lib, Ucell har qachongidan ham faolroq rivojlanishi hamda yangi innavatsion xizmatlarni taqdim etish uchun sarmoya kiritishni davom ettiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq