Dmitriy Resh “Beeline”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori qilib tayinlandi
09.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Dmitriy Resh “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori etib tayinlanganligini e’lon qiladi. U bu lavozimda ilgari ishlagan, Janubi-g‘arbiy filial direktori o‘rnida “Beeline”ning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi faoliyati boshqaruvi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan G‘ulom Ortiqovning o‘rniga tayinlandi.

beeline_9_09_2014_4

Tayinlovni sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov quyidagilarni belgiladi: “Dmitriyning kompaniyamizda Toshkent filiali rahbari sifatidagi faoliyati davomida yuksak natijalarga erishildi: kuchli menedjerlar guruhi shakllandi, barcha asosiy ko‘rsatgichlarning barqaror o‘sishi erishildi va poytaxtda 4G tarmog‘i ishga tushishi amalga oshirildi. Yangi lavozim uning oldiga “Beeline”ning yetakchiligini mustahkamlash, butun O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatish va servisning sifatini oshirishga hissa qo‘shish kabi yanada muhim vazifalarni qo‘yadi. Ishonaman, Dmitriyning ko‘p yillik tajribasi unga bu maqsadlarga erishishda yordam beradi”.

“Ishonaman, ommaviy bozordagi har qanday kompaniya kabi, “Beeline”ning faoliyatida asosiysi – bu mijoz, — deydi Dmitriy Resh. – Shunday ekan, biz shunday ishlashimiz joizki, abonentlarimiz bizni nafaqat eng yirik operator va innovatsiyalar boshlovchisi, balki ishonchli hamkor sifatida ham ko‘rishlari lozim. Albatta, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi biznesning qurilishi – uzluksiz jarayon, va men uning tezlashuvi uchun barcha imkoniyatlarimni yo‘lga qo‘yaman”.

Dmitriy Resh 1980 yilda Barnaul shahrida tavallud topgan. 2001 yilda Oltoy Davlat texnik universitetida bakalavr darajasini egallagan; 2002 yilda – “Tashkilot menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan. Huddi o‘sha yili “Viadrina” Yevropa xalqaro universitetida (Germaniya) “Moliyaviy iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha diplom ishini himoya qilgan. 2011 yilda unga RF Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasida (Moskva sh.) iqtisodiyot fanlari nomzodi unvoni berilgan.

Dmitriy o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda “Neva Chupa Chups” YOAJ da (Oltoy o‘lkasi) savdo vakili sifatida boshlagan. Keyinchalik faoliyatini “SanInterbryu” OAJ – “Anxoyzer-Bush InBev” dunyodagi eng yirik pivo ishlab chiqaruvchi, Rossiya bozorida 12 yil davomida yetakchi pozitsiyalarda turgan konsernning Rossiyadagi bo‘linmasida davom ettirgan. Ushbu kompaniyada Dmitriy 6 yil davomida hududiy savdo menejeri lavozimidan ish boshlab, Sankt-Peterburgdagi vakolatxona boshlig‘i lavozimini egallashga erishgan.

2009 yilda “Baltiyskiy Bereg” MCHJ (Sankt-Peterburg) bosh direktori lavozimini egallagan. “VimpelCom” Ltd. kompaniyasiga kelishdan avval Dmitriy “Obyedinenniye sistemi” DK da ishlagan, u yerda Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy hududida “Radonej” savdo belgisi ostida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish va bozorga chiqarish masalalariga javob bergan. 2013 yilning avgust oyida “Unitel” MChJ Toshkent hududiy filiali direktori lavozimida ish boshlagan. Bir yildan so‘ng kompaniyaning hududiy rivojlantirish direktori lavozimini egalladi.

Oilali, ikkita farzandi bor. Bo‘sh vaqtlarini ov qilish va dengizda baliq ovlash bilan o‘tkazadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq