Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining hududiy saralash turniri Farg‘onada bo‘lib o‘tdi
08.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
6-7 sentyabr kunlari Farg‘onada “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionating hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatidan 140 dan ortiq geymerlar ishtirok etishdi. “DotA Allstars” va “FIFA14” o‘yinlarining turnir natijalari bo‘yicha ushbu hududdan milliy final ishtirokchilari aniqlandi.
6 sentyabr kuni DotA AllStars 5х5 guruh o‘yini bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Hammasi bo‘lib Farg‘ona, Andijon va Qo‘qondan 16 guruh ishtirok etishdi. “GGFly” guruhidagi Shoxruh Komilov, Timur Beknazarov, Amal Xudayberdiyev, Bobur Ibragimov va Doniyor Alijonovlar I o‘rinni egallashdi. G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan milliy finalga yo‘llanma oldilar.
7 sentyabr kuni Farg‘onada FIFA14 o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Unda 36 virtual futbolchilar ishtirok etishdi. I o‘rin va milliy finalga yo‘llanmani Abror Rustamov qo‘lga kiritdi. Shuningdek u 26 sentyabr kuni Toshkentdagi ICTExpo 2014 Halqaro ko‘rgazmasining bosh sahnasida bo‘lib o‘tadigan milliy finalga yo‘l oladi.
Hududiy saralash turnirining barcha g‘olib va sovrindorlariga diplomlar va “Beeline”dan sovrinlar topshirildi. Yakuniy hududiy saralash bosqichi 13-14 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA14 o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Fransiyadagi ESWC2014 Jahon kubogining Grand-finaliniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Batafsil fotolavha: https://www.facebook.com/ucguz/posts/1689073397985538
Manba: kompaniya press-relizi