Yagona portalda elektron to‘lovlar
08.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

el_08_09_2014

Yagona portalda endi ayrim xizmatlar, xususan elektr energiyasi, maishiy chiqindilar, sovuq suv va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni «SMS-To‘lov» tizimi orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Yagona portal foydalanuvchilari o‘z bank kartalarini portalda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda o‘z shaxsiy kabinetlariga kirib, menyuda tasvirlangan “Xizmatlar to‘lovi” bandi, undan so‘ng «SMS-To‘lov» tugmasini bosib ushbu xizmatni faollashtirishlari mumkin.

Ushbu qadamlardan so`ng foydalanuvchiga «SMS-To`lov» tizimi yordamida elektr, maishiy chiqindilar, suv va gazdan foydalanganlik uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Yaqin kelajakda Yagona portalda yana boshqa turdagi to`lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq