TATU talabalari o‘rtasida «Mobil dasturlar» tanlovi
08.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell mobil operatori Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti bilan hamkorlikda 2010-2013 yillarda o‘qishga kirgan TATU talabalari o‘rtasida “Mobil dasturlar” tanlovini o‘tkazishi haqida e’lon qiladi.

Tanlov ishtirokchilari quyida keltirilgan mobil operatsion tizimlaridan biri uchun mobil dastur ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi: Android, iOS, Windows Phone, Java2ME.

Dastur ishlab chiqish uchun mavzular:

  • Aloqa tarmog‘ining sifatini sinovdan o‘tkazish (Internet tezligi, abonent joylashgan manzil, telefon modeli, abonent raqami va boshqa ma‘lumotlar);
  • Ucell ofislari hamda dilerlik punktlari joylashgan manzillarni topish;
  • Aloqa uchun sarflanadigan harajatlarni hisobga olgan holda, Sizga qulay tarif va xizmatlarni taklif etish;
  • Mobil Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ucell sahifasidan qulay foydalanish;
  • Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ucell sahifasidagi «Like»lar sonini ko‘paytirish;

Erkin mavzu (Avvalroq Ucell bilan kelishilgan tarzda).

Mobil dasturni ishlab chiqish uchun berilgan muddat davri — 18.09.2014 dan 18.12.2014 gacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 17.09.2014 gacha qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 2015 yilning yanvar oyida taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli shaklni to‘ldiring va tanlov e‘lon qilinganidan so‘ng 10 kun ichida developer@ucell.uz manziliga yuboring.

G‘oliblarni quyida keltirilgan sovg‘alar kutmoqda:

  • 1-chi o‘rin – Ucell mobil dasturni 10 million so‘mga xarid qiladi;
  • 2-chi o‘rin – Ucell mobil dasturni 5 million so‘mga xarid qiladi;
  • 3-chidan 10-chi o‘ringacha – ZTE Skate Acqua smartfonlari.

Tanlovda ishtirok etish qoidalarining to‘liq ro‘yxati

Muhim! Ishtirokchilar tanlovning to‘liq shartlari bilan tanishib chiqishlari zarur.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq