Namangan viloyatidan Abduqodir Mirkomilov “Beeline”dan ikkinchi xonadonni yutib oldi
08.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Innovatsiya” aksiyasining ikkinchi bosqichi natijalarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan juma 5 sentyabr kuni «Yoshlar» telekanalining togridan-togri efirida “Zamonaviy uy” tizimli xonadon va yirik pul sovrinlarining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyatidan Mirkomilov Abduqodir (ХХ) Х97 1955 xonadon egasiga aylandi. 1 va 2 millionlik yirik pul sovrinlarini 27 ta abonent qo‘lga kiritdilar.
«Yoshlar» studiyasidan togridan-togri ulanish 20:20 da «Beeline» vakillari va Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Abdulla Shomagrupov va honanda Farruh Komilov ishtirokida amalga oshirildi. “Zamonaviy uy” tizimli navbatdagi xonadon bir hafta davomida dushanbadan yakshanbagacha aloqa xizmatlariga $2,5 dan ziyod mablag‘ sarflagan barcha abonentlar orasida o‘ynaldi. “Status” turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etdilar.
“Har kuni “Innovatsiya” aksiyasiga yanada ko‘p abonentlar qo‘shilmoqdalar, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Abonentlarimiz ishonchini oqlash biz uchun muhim, shuning uchun o‘yin jonli efirda bo‘lib o‘tmoqda, har kim studiyaga qo‘ng‘iroq qilib tushib, uning natijasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z navbatida men ikkinchi xonadon egasini tabriklayman va barchani o‘z omadini sinab ko‘rishga taklif qilaman”.
Eslatib o‘tamiz, “Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi