AKT xalq xizmatida
08.09.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Nodirbek Eshnazarov.

Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur sohani rivojlantirishga hukumat tomonidan juda katta e’tibor qaratilmoqda, xususan, so‘nggi 3 yil mobaynida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9ta Qarori, Vazirlar Mahkamasining 18ta Qarori, Hukumatning «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan 2ta Bayonlari qabul qilindi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish maqsadida, viloyat hokimligi tomonidan «Samarqand viloyatida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni yanada rivojlantirishning 2014-yil dasturi» hamda «Samarqand viloyatida 2014-yilda Interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish va rivojlantirish dasturi» tasdiqlandi. Ushbu Dastur va Qarorlar ijrosi doirasida quyidagilar bajarildi: «Samarqand viloyatida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni yanada rivojlantirishning 2014-yil dasturi»ga asosan 2014-yil davomida 24ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilib, 403,3 (2013-yil 195,0, 2012-yil 153,5) mln. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi belgilandi.

Mazkur loyiha doirasida:

  • viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hodimlari 100 foiz, viloyat boshqarma va tashkilotlar 1192ta elektron raqamli imzo bilan ta’minlandi;
  • xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalarda boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sur’atlarini yanada oshirish bo‘yicha real natijalarga erishish maqsadida «SMS informator», «Davlatga don sotish monitoringi», «Paxta» axborot tizimlari yaratildi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli soha korxonalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
  • 16ta tuman va shahar hokimliklariga optik tolali kabel tortish ishlari amalga oshirilib, hozirda qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tomonidan 2014-yilning 1-yarim yilligi davomida viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda hokimliklarning 402 nafar (2013-yilga nisbatan 2 barobar ko‘proq) xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Viloyatda soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish ulushi 96,2 foizni (23 437ta subyekt), statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirish ulushi 91,0 foizni (17 462 ming subyekt) tashkil etmoqda. Joriy yil oxiriga qadar soliq va statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirish ulushini 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi tomonidan 2014-yil 6-fevralda «Samarqand viloyati boshqarma va tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va ulardan samarali foydalanish holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish 2014-yil reja jadvali» tasdiqlandi. Reja jadvalga asosan, 2014-yilning 1-yarim yilligi davomida viloyat hokimligining «Kompyuterlashtirish markazi» DUK, O‘zRAATTDQ Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, AATTSNBDI Samarqand viloyati inspeksiyasi va TATU Samarqand filiali tegishli mutaxassislar ishtirokida 28ta (2013-yil 12ta) shahar, tuman hokimliklar hamda boshqarma va tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarining joriy etilishi va ulardan samarali foydalanish holati bo‘yicha o‘rganildi. «Samarqand viloyatida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni yanada rivojlantirishning 2014-yil dasturi»ga asosan 2014-yil davomida 14ta interaktiv xizmatlarni joriy etish rejalashtirildi. Mazkur loyiha doirasida viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti (www.samarkand.uz) orqali 20ta (12 ta bazaviy va 8ta qo‘shimcha) interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

akt_8_09_2014

Aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatayotgan interaktiv xizmatlari sifatini oshirish va ularni interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali 13ta interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlik subyektlarini internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatiga olish uchun on-layn tarzda arizalarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadida shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 6ta interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.

akt_8_09_2014_1

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilindi, unda 13tadan ortiq interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Integratsiya ishlari amalga oshirilishi natijasida viloyat aholisi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan portal orqali viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga murojaat qilishlariga qulayliklar yaratildi. Natijada viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan 119tadan ziyod murojaatlar elektron shaklda qabul qilindi.

akt_8_09_2014_2

Elektron hukumat, interaktiv xizmatlar va davlat hokimiyati, boshqaruv organlari veb-saytlarining joriy etilishi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga, fuqarolar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan axborotlarga tezkorlik bilan erishishlariga, uzog‘ini yaqin qilishiga, inson aralashuvining qisqarishi natijasida sansolarlikka yo‘l qo‘yilmaslikka xizmat qilishi muqarrardir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq