Yagona portalda foydalanuvchilarni mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish
04.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mobil telefon raqami orqali identifikatsiya ma’lumotlarini tasdiqlash imkoniyati joriy etildi.

Masalan, tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yuborishdan oldin, Yagona portal foydalanuvchilari shaxsiy kabinetlarida o‘z nomlariga ro‘yxatga olingan mobil telefon raqamini identifikatsiyalash orqali, avvaldan shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlashlari mumkin.

Hozirda, ushbu imkoniyat “pilot” loyiha sifatida “O‘zbektelekom” AK “Uzmobayl” filiali uyali aloqa operatori bilan hamkorlikda joriy etildi va ushbu tarmoq abonentlari uchun mavjud. Kelajakda boshqa uyali operatorlarni ham jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur xizmat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq