Internet-festival hakamlari hay’ati ish boshladi
04.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali tanlov dasturida ishtirok etish uchun saytlarni ro‘yxatga olish bosqichi yakuniga yetdi.
3-sentabr kuni UZINFOCOM markazida festival hakamlari hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ovoz berishning birinchi bosqichiga oid masalalar muhokama etildi. Hakamlar hay’atining tarkibi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Festivalda ishtirok etish uchun jami 415ta sayt ro‘yxatdan o‘tdi. Mazkur saytlarning ko‘pchiligi ham mavzuli, ham maxsus nominatsiya «Yil yangiligi»da qayd etilganligini hisobga olinsa, festival hakamlari hay’ati tomonidan 10ta mavzuli va 1 maxsus nominatsiya bo‘yicha 554ta ariza ko‘rib chiqilishi kerak.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq