Farg‘onada e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mamlakat chempionatining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi
04.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_04_09_2014

6-7 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi geymerlari uchun Farg‘onada e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mamlakat chempionatining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

“Farg‘ona vodiysining e-sportchilari doimo yuksak darajadagi oyinlari bilan ajralib turishadi. Andijonlik va Farg‘onaliklar ko‘p marotaba birinchiliklarning g‘olib va sovrindorlari bo‘lishgan,— deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. – Masalan, AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarining “Need For Speed” intizomi bo‘yicha kumush medal sovrindori Sardorbek Abdullayev Farg‘onada ishlaydi va istiqomat qiladi. Ishonaman, respublikaning bu hududidagi e-sportchilari bu yilning milliy finalida yuksak darajalarni ko‘rsatishadi”.

6 sentyabr kuni Farg‘onaning “Saytex” klubida DotA AllStars o‘yini bo‘yicha guruh turniri bo‘lib o‘tadi, 7 sentyabr kuni esa “Aziya-Farg‘ona” mehmonxonasining konferensiyalar zalida FIFA14 futbol simulyatori bo‘yicha musobaqalar, shuningdek g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Avgust oyida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Buxoro va Samarqandda saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi, sentyabr oyida esa Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 saralash bosqichlari Farg‘ona va Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 26 sentyabr kuni ICT Expo2014 Halqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida respublika birinchiligi finali o‘tkaziladi, 27 sentyabr kuni esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

ucg_04_09_2014_1

Eslatib o‘tamiz, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o‘tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

Keyingi uch yil mobaynida Beeline tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli –FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rinni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo‘yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 birinchi saralash bosqichining yakunlari 24 avgust yakshanba kuni Samarqand shahrida sarhisob qilinadi. Chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va turnirlarning o‘tkazilish qoidalarini Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq