“Beeline” O‘zbekistonda ilk bor LTE texnologiyasi asosida 4G tarmog‘ini ishga tushirdi
04.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) LTE (Long Term Evolution) protokoli bo‘yicha ishlaydigan mobil tarmog‘ining to‘rtinchi avlodi tijorat foydalanuvi uchun yo‘lga qo‘yilgani haqida e‘lon qiladi. “Beeline” 4G tarmog‘i uchun uskunalarni Huawei Technologies Co., Ltd kompaniyasi ta’minladi.

beeline_04_09_2014

“Yangi texnologiyalar boshqa omillar bilan bir qatorda mamlakat va jamiyatning mustahkam rivojlanishini ta’minlaydi, va biz butun O‘zbekiston Mustaqillik shodiyonasini nishonlayotgan kunlarda shu muhim qadamni qo‘yganimizdan g‘ururlanamiz, – deydi “Unitel” MChJ bosh direktori Аleksandr Vorobyov. – Ishonchim komil, respublikadagi LTE tarmog‘ining ilk ishga tushishi nafaqat kompaniya, balki butun telekom-sohaning tarixida muhrlanib qoladi. Yetakchilik, ishonchlilik va innovatsiyalar “Beeline” faoliyatini ajratib turadi, 4G standarti joriy qilayotgan qadriyatlar esa ayni shulardir”.

LTE texnologiyasi – bu uchinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kunda 4G 70 Mbit/s maksimal tezlikda keng polosali mobil xizmatlar tezligini ta’minlaydi.

Voqeani sharhlar ekan, “Huawei Tech. Investment Tashkent” MCHJ direktori Zhao Jianping shunday dedi: ““Huawei” va “Beeline” hamkorligining tarixi – bu, avvalam bor, texnologik rivojlanish tarixi: biz O‘zbekiston tarmoqlari rivojlanishining barcha jarayonlarini birga o‘tkazdik. Mazkur strategik hamkorlik tufayli mamlakat bo‘ylab o‘n milliondan ortiq insonlar ishonchli va sifatli aloqadan va yuksak tezlikdagi Internetdan foydalanmoqdalar. Va mobil bozoridagi yetakchi bilan birgalikda aloqaning eng ilg‘or standarti oldida turish biz uchun katta sharaf. Shubhasiz, 4G yangi tarif va xizmatlar tufayli yaqin kelajakda keng tarqaladi”.

Bugun “Bilayn” 4G tarmog‘i Toshkentning markaziy tumanlarini qamrab olgan va kompaniyaning rejalarida – LTE qamrovini poytaxt bo‘yicha, keyinchalik esa – O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab kengaytirish turibdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq