Yaponiya 2020-yilda robotlar uchun Olimpiada o‘tkazishni rejalashtirgan
03.09.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yaponiya yozgi Olimpiada o‘yinlari bilan bir vaqtda robotlar uchun Olimpiada o‘tkazishni rejalashtirgan. Hukumat rahbari Sindzo Abe ana shunday rejani ma’lum qildi.
Sohada yetakchilik qilayotgan Yaponiya bosh vaziri so‘zlariga qaraganda, mazkur imkoniyatdan foydalanib, jahon robot-texnikasi yutuqlarini namoyish etish niyatida ekanligini bildirdi. Yaponiya hukumati «robot-texnikasi inqilobini» tashkil etishni maqsad qilgan va bu sohada maxsus komissiya tuzilgan. Kunchiqar yurt robot-texnikasi mamlakat iqtisodiyoti rivojining mustahkam tayanchlaridan biridir. Abe robot qurilishiga ixtisoslashgan zavodlarga qilgan tashrifi mobaynida o‘z rejalari haqida so‘zlab berdi. Yaponiyada Olimpiada o‘yinlariga qadar robot-texnikasi sanoati uch marta, 23,5 mlrd. dollargacha o‘sishi mumkin. XXXII yozgi Olimpiada o‘yinlari 2020-yilda Tokioda o‘tkaziladi.
Manba: www.onegadget.ru