Sotilgan smartfonlarning yarmidan ko‘pi $200 (dollarlik) apparatlardir
03.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

TrendForce analitiklari tahlillariga ko‘ra bu yil bozorga 322 mln. dona smartfon taqdim etilib, bu ilgarigi ko‘rsatkichdan 13,1 foizga ortiqdir. IDC analitik kompaniyasi ham boshqa tomonlarini nazarda tutib, smartfonlar bozorini ana shunday baholamoqda. Birinchidan, Android va iOS boshqaruvida ishlaydigan smartfonlar umumiy ulushi 96,4 foizni tashkil etmoqda. Bunda birinchi tizim bozorning 84,7 foizini, ikkinchi tizim esa 11,7 foizini tashkil etadi. Son jihatidan olganda, smartfonlar savdosining o‘sishi har ikki operatsion tizim uchun turlichadir. Jumladan, Android ulushi 4,1 foizga o‘sib, iOS o‘tgan yilda 13 foizga, bu yil esa 11,7 foizgacha tushib ketdi.

Boshqa OT — Windows Phone esa 2,5%, BlackBerry bor-yo‘g‘i 0,5 foizni tashkil etadi, biroq mazkur axborot unchalik muhim emas. Gap boshqa tomonda. IDC ma’lumotlariga ko‘ra, barcha sotilgan smartfonlar 58,6 foizi $200 (dollarlik) qurilmaga to‘g‘ri keladi. Eslatib o‘tamiz, Appleda bunday narxga (shartnomasiz asosda) takliflar mavjud emas, mazkur segmentda Samsungning tutgan vaziyati ham juda sust, bu esa raqobatdosh budjet yechimlari uchun juda qiziqarlidir.

Manba: www.ixbt.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq