Olimlar bolalar rivojida videoo‘yinlarning foydali ekanligini isbotladilar
03.09.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

bol_03_09_2014

Oksford universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, videoo‘yinlar ko‘pchilik ota-onalar xavfsiragan darajada bolalar uchun zararli emas ekan. Tadqiqotlar videoo‘yinlarning bolalar rivojiga ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘rganishga qaratilgandi.

Tajriba eksperimentlarini o‘tkazish uchun olimlar 5000 nafar ko‘ngilli ishtirokchilardan o‘zlarining o‘yinlarga munosabatlari haqida so‘zlab berishni so‘radilar. Tadqiqotlarda 10 va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etdilar. Olimlar bolalarga videoo‘yinlarga qancha vaqt ajratishi, qaysi ommaviy konsollardan foydalanishlari kabi savollar bilan murojaat etdilar. So‘rovlardan keyin o‘yinlarga qanchalik berilib ketishlari va o‘z hayotlaridan qanchalik huzur olishlari, ularning do‘stlari ko‘pligi, atrofdagilar bilan muomala-muloqot qila olishga qodirliklari kabi masalalarni o‘rgandilar.

Ko‘ngilli ishtirokchilarning emotsional holatlarini o‘rgangan olimlar har bir bolaning giperfaollik darajasini ham, shuningdek, ishtirokchilar zarur vaziyatlarda diqqatlarini jamlay olishlari kabi xususiyatlarini ham sinovdan o‘tkazdilar.

Ekspertlar barcha taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganib, bolalarning videoo‘yinlar oldida o‘tkazgan qaysi vaqtlarini samarali hisoblash mumkinligini ham tekshiruvdan o‘tkazdilar. Tajriba eksperimentlari ko‘rsatishicha, har kuni 60 daqiqaga yaqin vaqt o‘ynagan bolalar videoo‘yinlarga umuman qiziqmaydigan bolalarga nisbatan muloqotchanroq va quvnoqroq bo‘lib chiqdilar.

Bundan tashqari, o‘yinqaroq bolalar atrof-muhit sharoitlariga tezroq moslasha olar ekanlar. Biroq har kuni bir soatdan to uch soatgacha videoo‘yin o‘ynaganlar o‘yinlarga umuman qiziqmaydiganlardan farq qilmadilar. Olimlar ularda hech bir ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni sezmadilar. Shunday bo‘lsada, mazkur o‘yinlarga o‘z bo‘sh vaqtlarining asosiy qismini ajratadigan bolalar sotsium sharoitlariga yomon moslashishlari ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot muallifi doktor Endryu Pjibilski ta’kidlashicha, mazkur eksperiment ilgari o‘tkazilgan tajriba natijalarini yana bir bor tasdiqladi xolos, biroq tadqiqot o‘yinlarga me’yorida qiziqqan bolalarda mazkur sharoitlarga moslashish jarayoni oson kechar ekan: «Olingan natijalar ilgari o‘tkazilgan tajriba eksperimentlaridan olingan ma’lumot — elektron o‘yinlarning zararli ta’sirini tasdiqladi. Shunday bo‘lsada, videoo‘yinlarga yuqori darajada qiziquvchanlik haqiqiy hayotdagi bolalar xulqiy muammolariga deyarli bog‘liq emas».

Olimning fikricha, mazkur sohada kelajakda ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazish zarur, bu esa videoo‘yinlarning ijobiy yoki salbiy jihatlarini aniq belgilashga yordam beradi. Biroq shu bilan birga, olim ekspert sifatida, bolalarga o‘yinlar olamidan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy muhit, oila va do‘stlar ta’sir etadi deb ta’kidladi.

Manba: www.wek.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq