Ishlab chiqaruvchilarga «aqlli» soatlar chiqarishni to‘xtatib turishni tavsiya etmoqdalar
03.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Smartfonlar bozoridagi raqobat shu qadar yuqoriligi sababli mazkur qurilma ishlab chiqaruvchilari rivojlanishning yangi yo‘llarini izlamoqdalar. Ulardan biri kompyuterlashgan soatlar ishlanmasidir, biroq mazkur mahsulot Apple yoki Samsung rusumida bo‘lmasa, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi tayin.
Jackdaw Researchlik analitigi Yan Douson (Jan Dawson)ning fikricha, faqat bir yoki ikki vendorda «aqlli» soatlar ishlab chiqarish Apple va Samsung raqobatdoshlik sharoitlarida barqaror rivojlanmoqda.
«Biz ishlab chiqaruvchilarga mazkur bozorda investitsiyalar hajmini saqlab qolishlarini tavsiya qilmasdik, sababi uning istiqboli ba daromadi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Ko‘pchilik vendorlarga mazkur bozordan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etardik», — ma’lum qildi Douson. Ekspertlar smart-soatlar bozorida kompaniya hali birorta shunday gadjet chiqarmagan bo‘lsada, Apple yetakchilik qilayotganligini ta’kidladilar. Reuters agentligi ma’lumotlariga qaraganda, shartli iWatch nomi bilan uzoq kutilgan, smartfonning ayrim funksiyalariga ega bo‘lish uchun iPhoneni sinxronlashtira oladigan qurilma yaqin vaqtlar mobaynida bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Qo‘l apparati 2,5 duymli displey va simsiz quvvatlanish anjomlariga ega bo‘ladi, deb yozadi nashrlar.
Strategy Analytics prognozlariga ko‘ra 2014-yilda umumiy hisobda 3 mln.ga yaqin «aqlli» soatlar chiqarilishi kutilmoqda. Yan Douson zamonaviy smart-soatlar yetarli darajada energiyaga samarali va funksional bo‘ladi deb hisoblaydi.
Manba: www.recode.net