Intel va SMS Audio yurak urishi ritmini o‘lchash datchiklari bilan jihozlangan BioSport In-Ear naushniklarini taqdim etdi
03.09.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Intel va SMS Audio kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, jahonda birinchi shaxsiy fitnes uchun audiotizimlar chiqarishga kelishuvni imzoladilar. Qurilma naushnik bo‘lib, nomi BioSport In-Eardir. Kompaniyalar ma’lum qilishicha, ular «zamonaviy texnologiyalar va kundalik turmush tarzi xususiyatlari odatiy tamoyillarini sport mashg‘ulotlariga almashtirish bilan uyg‘unlashtiradilar».
Bevosita texnik xususiyatlari haqida fikr yuritilsa, naushniklar tovushlarni yetkazishdan tashqari, yurak urishi ritmini optik datchiklar vositasida kuzata oladi. Bundan tashqari, qandaydir maxsus texnologiya tana harakati tufayli hosil bo‘lgan «shovqinli» signallarni bartaraf etadi.
Shu tariqa, yangilik eng avvalo, sport bilan shug‘ullanuvchi insonlarga yo‘naltirilgan. Dastlabki vaqtlarda naushniklar faqat RunKeeper ilovalari bilan ishlaydi, biroq kelajakda qo‘llab-quvvatlovchi servislar ro‘yxati kengaytirilib boriladi.
Naushniklar kiritilgan mikrofonga ega garnitura hisoblanadi. IPX4 standartigacha suvdan himoyalana olishini ham ta’kidlash lozim. Yangilik sotuvga joriy yil oxirida chiqarilishi kutilmoqda. Hozircha narxi noma’lum.
Manba: www.intel.com