FreeWavz: simsiz naushniklar va fitnes-monitor
03.09.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Sport va fitnes uchun naushniklar — turli-tuman mahsulotlar taqdim etilgan maxsus qurilmalardir. Ko‘plab shu toifaga kiruvchi qurilmalar an’anaviylariga nisbatan yanada qulayroq bo‘lib, mazkur qurilmalarga nisbatan doim quloqlarga tiqib yurish va ularning tez-tez tushib ketadigan noqulayliklaridan xolos etilgan.
Yaqinda FreeWavz startapi naushniklarning yangi sportcha versiyasini taqdim etdi, u foydalanuvchining biometrik ko‘rsatkichariga asoslanib ishlaydi.
O‘zida funksional simsiz musiqiy aksessuar va fitnes-trekerini jamlagan gadjetni yaratish g‘oyasi shifokor Erik Xensen tomonidan ilgari surildi. Yangilikni iOS va Android bilan ishlaydigan smartfon va planshetniklarga tenglashtirish mumkin. Xabar Bluetooth vositasida uzatiladi.
Konstruktiv elementlari foydalanuvchiga o‘z sog‘lig‘i haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi, qurilmada puls oksimetri va akselerometr o‘rnatilgan. Asosiy monitoring funksiyasi FreeWavz — faollik davrlarini nazorat qiladi, yurak urishi ritmi va qonning kislorod bilan ta’minlanishini, bosib o‘tilgan yo‘l hamda quvvatni tekshirib turadi.
Yangi naushniklar afzallik tomonlariga uning ergonomikligi, mustahkamligining ishonchliligi, korpusining suv o‘tkazmasligi, shuningdek, foydalanuvchi atrofda nimalar bo‘layotganligidan xabardor bo‘lib turishini ta’minlaydigan dinamikalari konstruksiyasining qulayligi kabi xususiyatlarni kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda Kickstarter loyihasiga: FreeWavz narxi 179 dollarda, zarur boshlang‘ich ommaviy ishlab chiqarilishi uchun 300 000 dollardan deyarli 190 000 dollari jamlanib, tayyorlangan donalari taqdim etilgan.
Manba: www.kickstarter.com