Dunyo bo‘ylab deyarli 500 operator tarmog‘ida “Beeline” roumingi amal qilmoqda
03.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton”) halqaro ovozli rouming xizmati dunyoning 184 ta mamlakatidagi 481 operator tarmog‘ida mavjudligi haqida xabar bermoqda.

beeline_03_09_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning korporativ savdolarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko shunday dedi: “Rouming-hamkorlarimizning eng keng tarmog‘i mijozlarimizga nafaqat butun dunyo bo‘ylab aloqada qolish imkonini beradi, balki biznes-jarayonlarning uzluksizligini ta‘minlaydi. “Beeline” abonentlari uchun innovatsiyalar ufqini kengaytirgan holda, ham O‘zbekistonda, ham chet el sayohatlarida xizmat ko‘rsatish ishonchli va sifatli bo‘lishi uchun katta ma’suliyatni zimmamizga olganmiz”.

“Beeline” 2010 yilda rouming-hamkorlarning soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 335 ta operator), 3G-rouming (142 ta mamlakatda 269 ta operator) va CAMEL-rouming (95 ta mamlakatda 201 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq