Dastlabki smartfon 20 yillik to‘yini nisonlamoqda
03.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

smart_03_09_2014

Zamonaviy mobil qurilmalari ko‘pyadroli prosessorlar, ultranozik korpus va ilg‘or operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bularning barchasi 20 yilligi nishonlanayotgan, jahonda dastlabki smartfon ishlab chiqaruvchilarining tushiga ham kirmagandi.

So‘z 1994-yil 16-avgustda savdoga chiqarilgan IBM Simon deb atalgan apparat ustida bormoqda. Uning bir nusxasi Londondagi fanlar Muzeyi Information Age galereyasiga qo‘yilgan.

«U vaqtlarda Simonni smartfon deb nomlamaganlar, — xotirlaydi Sharlotta Konnelli (Charlotte Connelly), Britaniya muzeyi ekspozitsiyasi kuratori. — Biroq u hozirgilaridagi kabi ko‘plab funksiyalarga ega edi. Unda taqvim mavjud bo‘lib, qurilma yozuvlarni amalga oshirish, matnli axborotlarni uzatish va e-maildan foydalanish, shuningdek, mobil telefonlari kabi foydalanish imkonini taqdim etardi».

Hozirgi o‘lchovlari va og‘irligiga qaramay (deyarli 500 gramm), qisqa vaqt (bir soatdan ko‘p bo‘lmagan) mobaynida avtonom ishlashi, IBM Simon dizayni o‘z davridan ilgarilab ketgandi, ta’kidlab o‘tdi Konnelli.

Dastlabki smartfon o‘zida nafaqat telefon, balki peyjer, ixcham SHK va faksni jamlagandi. Mahsulotning narxi $900 bo‘lib, faqat AQSH’da hamda 50 ming nusxadagina sotilgandi. IBM Simon ikki yil mobaynida sotilgan, so‘ngra uning o‘rniga yanada ixcham, arzon va «uzoq foydalaniluvchi» trubkalar ishlab chiqarilgan.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq