Avtomobil yo‘l harakati davrida telefonda so‘zlashayotgan haydovchini taniy oladila
03.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

avto_03_09_2014

Haydovchi rul boshqarayotganda mobil telefonidan foydalansa, yo‘l-transport hodisalari sababchisiga aylanishi qator tadqiqotlar ma’lumotlaridan ma’lum. Albatta, haydovchini hands-free garnituri va bort telefoniyasidan foydalanishi bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etish majburiyatlari mavjud. Biroq barcha avtomobil egalari bunga amal qilmaydilar.

Santa-Katarina (Braziliya) universiteti tadqiqotchilari transport vositalarini boshqarayotganda telefonda so‘zlashayotgan odamni tanish imkonini beradigan tizimni ishlab chiqdilar.

Kompleksga asboblar paneliga o‘rnatilgan arzon baholi videokamera kiritilgan. Odamni tanish uchun u qulog‘iga «trubka»ni yaqinlashtirganidan so‘ng uch soniya yetarli bo‘ladi. Bunda hatto video yuqori sifatli suratga olishi ham shart emas: tizim 320 x 240 pikselli va yangilanish chastotasi bir soniyada 15 kadrni tashkil etadi.

Agar kompleks «qoida buzilishini sezib qolsa», tovushli signal ham berishi mumkin. Albatta, tizimda bir qator cheklovlar ham mavjud: jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushsa yoki murakkab algoritmli dasturlarga barmoqlar bilan tegib ketilsa va avtomobil orqa salonidagi ayrim holatlarda tizim ishlamay qolishi ham mumkin. Har holda tizim kelajakda haydovchining xavfsiz rul boshqarishini ta’minlaydigan mavjud asboblari qatorini to‘ldirishi mumkin. Ishlanmaning amaliy qo‘llanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Manba: www.technologyreview.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq