Nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza taqdim etish
02.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o’tkazish uchun elektron ariza taqdim etish” xizmati joriy etildi va u yordamida, ish joylarini tark etmagan holda, tadbirkorlik subyektlari nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron ariza taqdim etishlari mumkin.

Ushbu xizmat Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik subyektlari uchun mo‘ljallangan.

Elektron arizalar tegishli soliq xizmati mutasaddi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi va natija bo‘yicha arizachiga bildirgi yuboriladi.

Yangi tartibotning asosiy afzalligi, tadbirkorlik subyektining vaqti tejalishidir. Bundan tashqari, Yagona portalda arizalarni qabul qilish ustidan nazorat olib borilishi, ularning o‘z vaqtida ishlanishini ta’minlaydi.

Shu bilan birgalikda, arizachilar arizalarning ko‘rib chiqilishi hamda tegishli organlarning ishlarni olib borish sifatiga baho berish va sharhlash orqali baholashlari mumkin.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq