Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga taqdim etish
29.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

modern desk with laptop

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida navbatdagi yangi “Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga ma’lumotlar taqdim etish” xizmati joriy etildi.

Endilikda, 2014 yil 1 sentabrdan boshlab, tadbirkorlik sub’yektlari tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlarini raqamli imzodan foydalangan holda Yagona portal orqali elektron tarzda Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu xizmatdan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari (jismoniy hamda yuridik shaxslar) foydalanishlari mumkin.

Xizmat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi №PF-4609 sonli “O‘zbekiston Respublikasida investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 iyuldagi №199 sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asoslangan holda ishlab chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq