Buxoro «Elit.Uz» veb-studiyasidan festival ishtirokchilariga qo‘shimcha sovrinlar!
29.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

elit_28_08_2014

«Elit.Uz» veb-studiyasi mana ikkinchi yil milliy UZ domeni Internet-festivalining «Eng yaxshi korporativ sayt» nominatsiyasi ishtirokchilariga maxsus sovrinlarni taqdim etadi.

Barcha saytlar-ishtirokchilaridan 3ta sayt tanlab olinadi va ularga rag‘batlantiruvchi sovrin sifatida «Kompleks audit» xizmati taqdim etildi. Sovrinlar taqdirlash marosimida yoki elektron pochta orqali taqdim etilishi mumkin.

elit_28_08_2014_1

Tanlab olish mezonlari va «Kompleks audit» xizmati haqida veb-studiya rahbari Shavkat Muhamedov batafsil so‘zlab berdi:
«Qo‘shimcha sovrinlar «Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali» rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Biz sovrindorlar orasidan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, o‘z xizmatlari va tovarlarini taklif etadigan va asosan eksportga yo‘naltiradigan kompaniyalar saytlarini tanlab olamiz. Sovrin sifatida tanlab olingan xizmat sayt rivojlanishi uchun xatoliklarni aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi. O‘z navbatida, saytda amalga oshirilgan ishlar biznes rivojida katta foyda beradi.

«Kompleks audit» xizmati haqida to‘xtalib ta’kidlash mumkinki, uning vazifasi tarkibiga saytni to‘liq tadqiq etish, chuqur tahlil o‘tkazib, zarur va foydali tavsiyalarni berish kiradi.
«Elit.Uz» audit sohasida katta tajribaga ega, ko‘p vaqtdan buyon saytlarni yaratish, ilgari surish va optimallashtirish bilan shug‘ullanamiz. Mijozlarimiz orasida O‘zbekiston va MDH mamlakatlari kompaniyalari mavjud bo‘lib, ular bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni amalga oshirmoqdamiz. Amalga oshirayotgan ishlarimizdan so‘ng buyurtmachilarimiz saytlari ularning bizneslarida sezilarli manfaat keltirmoqda».

Festivalning qolgan barcha ishtirokchilariga yana bir yoqimli yangilik: «Elit.Uz»veb-studiyasi tomonidan har qanday xizmatga 20% chegirma taqdim eiladi!!!

Barcha ishtirokchilarga g‘oliblik va g‘alabaga ishonch tilaymiz!

Eslatib o‘tamiz, «East Line Information Technologies» studiyasi mana ikki yildan buyon o‘zining ajoyib hissasi bilan Internet festivalni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq