1-sentabr kuni Internet-festivalda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish yakunlanadi
29.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

1-sentabr kuni UZ milliy domeni 2014 Internet-festivalida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, festivalda UZ milliy domenida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, festival o‘tkazilishi jarayonida amal qilayotgan saytlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etish hakamlar hay’ati a’zolari, sayt egalari, har bir xohlagan kishi tomonidan festivalning rasmiy — www.if.uz saytidagi ro‘yxatga olish shakli asosida amalga oshiriladi. Bir ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan saytlar soni cheklanmagan.

Sayt faqatgina bir mavzu nominatsiyasida ishtirok etishi mumkin. Agar sayt maxsus nominatsiya «Yil yangiligi» tushunchasi qatoriga kiradigan bo‘lsa, unda bir vaqtning o‘zida mavzuli va maxsus nominatsiyada ishtirok etishi mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq