Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 saralash bosqichi shanba kuni professionallar uchun o‘yin konsolilarida bo‘lib o‘tadi
28.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_25_08_2014

30 avgust kuni poytaxtning “Alyans Arena” klubida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati doirasida SPS platformasida FIFA 14 o‘yini bo‘yicha professional ligasi saralash turnirining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Hammasi bo‘lib turnirda Junior — Dream — Pro A ligasining doimiy ishtirokchilari ichidan 64 ta virtual futbolchi ishtirok etadi.

9 sentyabr kuni “Alyans Arena” klubida Junior — Dream — Pro A ligasi ishtirokchilari orasida FIFA 14 o‘yini bo‘yicha final saralash turniri bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining milliy finalida — ESWC 2014 jahon kubogi finalining saralash turnirida ishtirok etish uchun ikki kvotani qo‘lga kiritadilar.

“O‘tgan yillari barcha e-sporti o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatlari PC (kompyuter va noutbuklar) platformasida bo‘lib o‘tgan edi, bu vaqtda butun dunyo bo‘ylab chempionatlar ham kompyuter, ham “Sony Playstation” yoki “XBOX” o‘yin konsolilarida o‘tkazilmoqda. Masalan, biz hozir saralash turnirlari olib borayotgan FIFA 14 o‘yini bo‘yicha ESWC jahon kubogining finali Parijda “XBOX One” o‘yin konsolisida bo‘lib o‘tadi, — voqeani sharhlaydi Aleksandr Suchkov, chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari. — Aynan shuning uchun biz tajriba sifatida FIFA o‘yini bo‘yicha beshinchi mavsumni mustaqil ravishda o‘tkazib kelayotgan va ushbu intizom bo‘yicha O‘zbekistonning eng professional uyushmasi “Alyans Arena” klubining professional futbol ligasi uchun milliy finalga ikki kvotani taqdim etishga qaror qildik. Bu virtual futbolimizning saviyasini ko‘taradi”.

Belgilab o‘tamiz, ESWC2014 jahon kubogining finalida FIFA o‘yini bo‘yicha turnir “XBOX One» o‘yin konsolilarida bo‘lib o‘tishi bois, ushbu o‘yin bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionatining barcha saralash turnirlari djoystiklarda (klaviaturasiz) o‘tkazilmoqda. FIFA14/15 o‘yinlarining versiyalari ham PC, ham o‘yin platformalari uchun bir hil bo‘lgani bois, istalgan moslamalarda o‘ynaydigan geymerlar ishtirok etishi mumkin. Masalan, AIMAG2013 IV Osiyo o‘yinlarida FIFA 13 o‘yini bo‘yicha musobaqalar SPS konsolisida bo‘lib o‘tgan, shu paytda chempionimiz Pavel Saprikin PC platformasida mashq qilgan.

Qo‘shib o‘tamiz, 26 sentyabr kuni ICTExpo2014 ko‘rgazmasining bosh sahnasida bo‘lib o‘tadigan Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 milliy finalida 8 finalchi ishtirok etadi. Uch finalchi – Buxoro, Samarqand va Farg‘ona hududiy saralash turnirlarining g‘oliblari, ikki finalchi 9 sentyabr kuni Junior — Dream — Pro A ligasi ishtirokchilari orasida ma’lum bo‘ladi, va nihoyat, uch finalchi 14 sentyabr kuni Toshkent hududiy turniri natijasida saralab olinadi. FIFA 14 bo‘yicha O‘zbekiston Chempioni Fransiyadagi ESWC 2014 jahon kubogining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq