Farg‘onada Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionati mintaqaviy saralash turniriga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va o‘tkazish sanalari!
28.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_14_08_2014

Farg‘onada Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mintaqaviy saralash turniriga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish davom etmoqda. Ro‘yxatga olish mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladigan «Saytex» klubida amalga oshiriladi. Boshqa shaharlar(turnir o‘tkazilmaydigan joylar)dan ishtirokchilar editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Chempionatda ishtirok etish BEPUL!

Mintaqaviy saralash turnirlari rasmiy o‘yinlari:

  • FIFA 14
  • Dota All Star 5х5 jamoali o‘yin

Mintaqaviy saralash turniri o‘tkazilish jovi va vaqti:

  • 6-sentabr kuni Dota All Star 5х5 jamoali o‘yin bo‘yicha «Saytex» klubida saralash turniri o‘tkaziladi. Manzil: Farg‘ona shahri, Marifat ko‘chasi, 49-bino, e-mail: saytex@mail.ru tel. (8-3732) 24-12-15, 24-12-16, faks 24-79-59. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2014-yil 5-sentabrga qadar davom etadi.
  • 7-sentabr kuni soat 9-00da «Aziya Fergana» majlislar zalida FIFA14 o‘yini bo‘yicha turnir va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Manzil: Farg‘ona shahri, Amir Temur ko‘chasi, 26-bino.Tel: +99873 244 13 26.

Izoh:
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart. Shaxsiy ma’lumotlar: Familiya, Ismi, o‘yin (jamoasi) nomini berish. Jamoa sardorining bir o‘zi jamoa nomini, barcha jamoa a’zolarining familiyasi, ismini ma’lum qilib, ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Chempionatda ishtirok etish BEPUL!

Boshqa shaharlardan ishtirokchilar (turnir o‘tkazilmaydigan joylardan) editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq