Chirchiq, Qibray va Kelesda “Beeline” tarmog‘ining qoplami yaxshilandi
28.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Toshkent viloyatida GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Chirchiq va Keles shaharlarida, shuningdek Qibray tumanining ma’muriy markazida yangi asosiy stansiyalar o‘rnatildi.

“Ishonchli aloqa sifati – faoliyatimizning eng yaxshi mezonlari va O‘zbekistondagi “Beeline” ustuvorliklarining so‘zsiz rahnamolaridir, — deydi “Unitel”ning Toshkent hududiy filiali direkrori Dmitriy Resh. – Biz mijozlarning istaklarini inobatga olgan holda va so‘ngi innovatsion yechimlarni joriy qilgan holda kompaniyaning Toshkent viloyatidagi va poytaxtdagi tarmog‘ini kengaytirishni davom etmoqdamiz”.

Qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish natijasida Chirchiq shahrining “Obuvshikov” va “Yubileynaya” ko‘chalarida, Qibrayning U. Yusupov ko‘chasida va Kelesning Oqibat ko‘chasida signalning yuksak darajasi ta’minlandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq