Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari taqdirlandilar
28.08.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_28_08_2014

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining buyrug‘iga muvofiq, soha tizimida bir necha yillardan buyon xizmat qilayotgan, izlanuvchan va iqtidori bir guruh xizmatchilarga Qo‘mitaning “Mohir aloqachi”, “Faxriy yorliq”, “O‘z kasbini ustasi” unvonlari bilan taqdirlandilar.

Shu munosabat bilan joriy yilning 27 avgust kuni Aloqa tarixi muzeyida xodimlarga mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda AKTning rivojlanishi davlat maqomining xalqaro hamjamiyatda mustahkam o‘rin tutishi, jamiyatning ishchanlik va aqliy faolligi imkoniyatlarining oshishi, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi hamda tarkibiy o‘zgarishlarining muhim omili bo‘lib qolayotgani, bunda sohaning jonkuyar va fidoyi xizmatchilarining o‘rni muhim ekanligi qayd etildi.

Taqdirlangan xodimlarning to‘liq ro‘yxati “Xabar” gazetasining 2014 yil 29 avgustdagi 35-sonida chop etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq