Shtrixli kodlarning original-maketini ishlab chiqishga Yagona portal orqali buyurtma berish
27.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_27_08_2014

GS1 tizimida ro‘yxatga olingan raqamli kodni (GTIN) qadoqlangan mahsulotingizga joylashtirishingiz uchun, shtrixli kodlarning original-maketini ishlab chiqish uchun “Uzstandart” Agentligi shtrix kodlash markaziga Davlat interaktiv xizmatlari yagona portalida buyurtma berishingiz mumkin.

Yangi xizmat doirasida, shtrix kodlash markazi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Qadoqlangan mahsulotlar uchun shtrixli kodlarning original-maketini ishlab chiqish;
  • Shtrixli kodlarini haqiqiyligini tasdiqlash;
  • Qadoqlangan mahsulotlarning yorlig‘iga tamg‘alangan shtrix kodlarning sifatini tekshirish.

Ushbu xizmat faqatgina Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Shtrixli kodlarning original-maketini ishlab chiqish uchun Yagona portal orqali buyurtma qabul qilish xizmati, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga vaqt va mablag‘larni tejagan holda shtrix kodlarni o‘zlarining qadoqlangan mahsulotlarida joylashtirish imkonini beradi.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq