“Beeline”dan GPRS-rouming Avstriyada kengaymoqda
27.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) GPRS-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. “T-Mobile” (Avstriya) kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolanmoqda.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko shunday dedi: “Ko‘p hollarda dunyo bo‘ylab sayohat chog‘ida ishonchli Internet – juda zarur, innovatsion yetakchi sifatida “Beeline” yanada ko‘p sonli operatorlarning tarmog‘ida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Avstriya – eng ommabop turizm va biznes-yo‘nalishlaridan biri, shuning uchun bu mamlakatda kompaniya roumingi kengayganidan mamnunmiz”.
Eslatib o‘tamiz, «Beeline» 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (133 ta mamlakatda 300 ta operator) va 3G-rouming (119 ta mamlakatda 228 ta operator) segmentldarida ham yetakchilik qiladi.
Manba: kompaniya press-relizi