Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun elektron ariza taqdim etish
26.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_26_08_2014

Tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida, Yagona portalda “Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron ariza taqdim etish” xizmati joriy etildi.

Endilikda, mazkur xizmatdan foydalangan holda, yuridik shaxslar, tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etishlari mumkin.

Arizalar, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоgʻliqni sаqlаsh vаzirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqiladi va litsenziyalash organining ekspertiza natijalariga muvofiq tegishli takliflar bilan birgalikda xulosa tayyorlanadi.

Tartibotlarni amalga oshirgandan so`ng, tibbiy faoliyatni litsenziyalash bilan bog`liq tartibotlarni yanada takomillashtirish maqsadida, arizachi Yagona portalda koʻrsatilgan xizmat sifatini baholash imkoniyatiga ega.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq