BMT Taraqqiyot Dasturi AKT izohli lug‘atining mobil ilovasini nashr qildi
26.08.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

ikt_26_08_2014

Android platformasida ishlab chiqilgan zamonaviy AKT atamalarining yangi o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati mobil telefonlar va qurilmalarda keng foydalanish uchun https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ramil.lugat havola bo‘yicha Google Play (Android smartfonlar va planshetlar uchun ilovalarning rasmiy onlayn bozori) ga joylandi.

Ushbu AKT lug‘atida axborot kommunikasiya texnologiyalarining turli yo‘nalishlari, jumladan, kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, telekommunikasiya va tarmoq texnologiyalari, dasturiy va uskunaviy ta‘minot, elektron hukumat, axborot xavfsizligi, telekommunikasiya tizmilari, ma’lumotlarni qayta ishlash, masofaviy ta’lim, davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish sohalari bo‘yicha 5000 ga yaqin atama va tushunchalar mavjud.

Lug‘atning qulay afzalliklari sifatida, bu resurs hajmining chegaralanmaganligi, foydalanuvchining resursdan masofadan turib va muntazam foydalanish imkoniyati, kerakli atamaning o‘zbek, rus va ingliz tillarida ham alifbo tarzda, ham alohida so‘z sifatida tez qidirish imkoniyati, tushuncha va atamalarning o‘zbek tilidagi (Kirill va lotin alifbosida) aniq izohlarini berishi va uning rus va ingliz tilidagi muqobillarini keltirilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

AKT lug‘atining mobil ilovasi turli kasb egalari bo‘lgan foydalanuvchilar, jumladan AKT soha mutaxassislari, tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, hokimliklarning axborot xizmatlari, tarjimonlar, filologlar, tegishli o‘quv yurtlarning o‘qituvchi va talabali, boshlovchi va tajribali AT foydalanuvchilar va boshqalar uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, bu lug‘at ZiyoNET ta’lim portaliga (http://dic.zy.uz) keng foydalanish uchun joylashtirilgan bo‘lib, uni AKT sohasidagi yangi so‘z va atamalar bilan to‘ldirib borish imkoni mavjud.

AKT lug‘atning elektron va mobil versiyalarini yaratish tashabbusi BMTTDning «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi (BMTTD loyihasi) tomonidan va “Uzinfokom” DUK ko‘magi ostida amalga oshirilgan bo‘lib, unig maqsadi BMTTD ning “Mamlakatni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va tatbiq etishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘maklashish” loyihasi tomonidan nashr qilingan “AKT bo‘yicha atamalar glossariysi”dan (birinchi nashr 2005 yilda va ikkinchi nashr 2010 yilda chiqqan) foydalanuvchilarning sonini ko‘paytirishdan iboratdir.

BMTTD loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida, mahalliy hukumat va boshqaruv organlarining huquqiy, texnikaviy va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ularning hisobdorligi va ochiq-oydinligini oshirish va fuqarolarning mahalliy boshqaruvda ishtirok etishga ko‘maklashish yo‘li bilan O‘zbekistonda mahalliy boshqaruvning yanada samarali, hisobdor va inklyuziv tizimini rivojlantirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq