Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xizmatchilari davlat mukofotlari sovrindorlari qatorida
26.08.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 22 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator yurtdoshlarimiz, xususan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xizmatchilari faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlandilar.

Aloqa sohasidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali qoshidagi 1-son akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi Vaisova Gulchehra Ahmedovna hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri Irgasheva Durdona Yoqubjonovnalar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator soha vakillariga, shu bilan birgalikda aloqa sohasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Samarqand viloyati bo‘limi, «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» filiali 4-bog‘lamasi yetakchi muhandisi Baymurodov G‘ulamjon Olimovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida quyidagi aloqa sohasi xodimlari ham bor.

  • Arifxanov Sur’at Anvarovich — Toshkent shahar telefon tarmog‘ining «Data-Center» boshqarish xizmati boshlig‘i
  • Xodjayarova Klara Mirzayevna — «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo filiali yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati
  • Yusupov Panjiboy Boltayevich — Termiz tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasi elektr montyori, Surxondaryo viloyati
  • Bekmuratova Baglan — «O‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati Jizzax filialining Paxtakor pochta aloqa tarmog‘i 2-aloqa bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq