Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 hududiy saralash turnirining g‘oliblari Samarqandda aniqlandi
25.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_25_08_2014

23-24 avgust kunlari Samarqandda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionating hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 120dan ortiq geymerlar ishtirok etishdi. “DotA Allstars” va “FIFA14” o‘yinlarining turnir natijalari bo‘yicha ushbu hududdan milliy final ishtirokchilari aniqlandi.

ucg_25_08_2014_1

“DotA Allstars” guruh o‘yini bo‘yicha Samarqanddagi hududiy saralash turnirida Jafar Rustamov, Shoolim Shorahmedov, Bekzod Botirov, Abduvali Ahmedov, va Rustam Qosimovlar ishtirokidagi “Lux” (N.K.S.) guruhi I o‘rinni egalladilar. G‘oliblar 20 sentyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan milliy finalga yo‘llanma oldilar.

24 avgust kuni Samarqand shahrida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati hududiy saralash bosqichi doirasida “FIFA14” o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. I o‘rin va 26 sentyabr kuni Toshkentdagi ICTExpo 2014 Halqaro ko‘rgazmasining bosh sahnasida bo‘lib o‘tadigan milliy finalga yo‘llanmani Samarqandlik Dilshod Abdurahmaov qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o‘tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

ucg_25_08_2014_2

Keyingi uch yil mobaynida mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli – FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rinni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo‘yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

Batafsil fotoreportaj: https://www.facebook.com/ucguz/posts/1673630302863181

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq