E-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Samarqand mintaqaviy saralash turniri natijalari
24.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_24_08_2014_6

23-24 sentabr kunlari Samarqand shahrida e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Samarqand mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi. Unda 120dan ortiq geymerlar ishtirok etdi. DotA All Stars va FIFA14 o‘yini bo‘yicha turnirda mazkur mintaqaning milliy final ishtirokchilari aniqlandi.

ucg_24_08_2014_7

Mintaqaviy turnir g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati bo‘yicha hududiy boshqarmasi boshlig‘i Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich

ucg_24_08_2014_8

va «Bilayn» Markaziy mintaqaviy filiali direktori Dilshod Anarmetov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni olqishladilar.

23-avgust kuni Samarqand shahrida DotA All Stars jamoali o‘yin bo‘yicha mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi.

ucg_24_08_2014_9

1-o‘rinni quyidagi tarkibda Lux (N.K.S.) jamoasi egalladi: Rustamov Jafar, Shoraxmedov Shoolim, Botirov Bekzod, Axmedov Abduvali va Kasimov Rustam.

ucg_24_08_2014_10

2-o‘rinni quyidagi tarkibda D.L. jamoasi egalladi: Jalilov Sanjar, Abbosov Timur, Muinov Qobil, Aydinov Faxriddin va Isayyev Farhod.

ucg_24_08_2014_11

Uchinchi o‘rin bo‘yicha quyidagi tarkibdagi Azartniki jamoaga nasib etdi: Shukurillayev Ixtiyor, Hamidov Shaxruz, Sadulloyev Shaxboz, Ibragimov Sherzod va Fayzullayev Shoxrux.

Lux (N.K.S.) jamoasi 20-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalga yo‘llanma oldi.

24-avgust kuni e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Samarqand mintaqaviy saralash turniri doirasida FIFA14 o‘yini bo‘yicha turnir Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 o‘tkazildi.

ucg_24_08_2014_12

1-o‘rin va milliy finalga yo‘llanmani Samarqand shahridan Abdurahmanov Dilshod egallashga muyassar bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Denovdan Karimov Rustam, uchinchi o‘rinni esa Samarqand shahridan Rahmanov Azim egallashga muyassar bo‘ldilar.

Abdurahmanov Dilshod 26-sentabr kuni Toshkent sshahrida ICTExpo 2014 Xalqaro ko‘rgazma bosh sahnasida o‘tkaziladigan milliy finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

ucg_24_08_2014_13

Musobaqalar bosh hakami Pavel Saprikin FIFA14 bo‘yicha turnir qoidalarini tushintirib berdi.

Eslatib o‘tamiz FIFA14 o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Fransiyada o‘tkaziladigan ESWC2014 jahon kubogida ishtirok etadi.

ucg_24_08_2014_14

Samarqanddagi mintaqaviy saralash turnirining barcha g‘oliblari va sovrindorlariga Bilayn kompaniyasi nomidan diplomlar va sovrinlar (USB-modemlari va 3G WiFi-routerlari) topshirildi.

ucg_24_08_2014_15

Taqdirlash marosimidan so‘ng Samarqandning faol yoshlari kichik konsert tshkil etdilar.

Facebookdagi sahifamizda fotoreportajni tomosha qiling.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq