“Ozod yurt to‘lqinlari” VII-an’anaviy media-festivali
22.08.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_21_08_2014

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi arafasida 27-avgust kuni “City Palace” mehmonxonasining yozgi maydonida “Ozod yurt to‘lqinlari” VII-an’anaviy media-festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari, ijodiy guruhlari, yosh jurnalistlar, vazirlik, idora, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etadi.

Media-festival O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, Yoshlar madaniyati va san’ati markazi, O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va AAni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi, EXHT, K.Adenauer jamg‘armalasi hamda YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, shuningdek, boshqa mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

uz_21_08_2014_1

Таdbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – nodavlat elektron OAV ijodiy guruhlarini qo‘llab-quvvatlash, demkoratik qadriyatlar, huquqiy davlat asosilari, shuningdek, jamiyatning siyosiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga qaratilgan tele va radiodasturlarni tayyorlashda ijodiy guruhlarning faolligini oshirish va rag‘batlantirishga, O‘zEOAVMAga a’zo teleradiostansiyalar ijodiy va texnik xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan.

Media-festival g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “online” ovoz berish yo‘li bilan quyidagi 3ta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlab “Mening yurtim” mavzusida tayyorlangan eng yaxshi media-mahsulot”;
2. “2014 yil — Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan eng yaxshi media-mahsulot”;
3. “Yoshlar hayotini yoritishga qaratilgan eng yaxshi media-mahsulot”.

Har nominatsiya bo‘yicha Hakamlar hay’ati a’zolari tarkibiga davlat, jamoat va xalqaro, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan 5 kishi kiritiladi. Ovoz berish jarayoni ishlab chiqilgan maxsus dastur yordamida real vaqt rejimida bo‘lib o‘tadi.

1-o‘rinni qo‘lga kiritganlarga “Ozod yurt to‘lqinlari” statuetkasi, maxsus diplom va qimmatbaho mukofotlar, 2-, 3-o‘rin sohiblariga esa maxsus diplom va qimmatbaho mukofotlar topshiriladi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” mukofoti nodavlat elektron OAVga, shuningdek, teleradiostansiyalarning demkoratik qadriyatlar, huquqiy davlat asoslari hamda jamiyatning siyosiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga qaratilgan tele va radiodasturlarni tayyorlashda faol ishtirok etgan jurnalist va texnik xodimlariga beriladi.

Media-festival davomida Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan nodavlat OAV tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni, aholining huquqiy madaniyati, bilimi va ongini oshirishga ko‘maklashish” davlat grant tanlovi g‘oliblari – O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar hamda bosma OAV va axborot agentliklari vakillariga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan “Ozod yurt to‘lqinlar-2014” media-festivalini tashkil etish va o‘tkazish uchun 35 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. O‘zEOAVMA Boshqaruvining qaroriga ko‘ra, ushbu mablag‘ tashkiliy ishlar uchun emas, balki Nodavlat Teleradiouzatuvchilarning 2014-yilga mo‘ljallangan Rivojlanish Dasturi doirasida joriy yilda amalga oshirilayotgan loyihalar ishtirokchilari – ijodiy guruh a’zolariga gonorar ko‘rinishida taqsimlanadi.

Shu kuni rasmiy qismni andijonlik mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan manti-palov tortilgan bayramona dasturxona yakunlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq