Beeline roumingdagi Internet tezligini 4 barobarga oshirdi
22.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) roumingdagi Internet tezligini 4 barobarga oshirgani haqida xabar beradi.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko shunday dedi: “O‘zbekistonning millionlab aholisi uchun Internet anchadan buyon hayotning ajralmas qismiga aylangan, “Beeline” abonentlari uchun nafaqat mamlakat hududida, balki dunyo bo‘ylab safarlar chog‘ida ham ishonchli va yuqori tezlikda tarmoqqa ulanishni ta’minlash – bizning vazifamizdir. Birinchi raqamli operator maqomi va innovatsion rahnamo obro‘si bularni zimmamizga yuklaydi. Har vaziyatda ham bizning asosiy ustuvorligimiz – sifatli xizmatlar va GPRS-rouming tezligi oshishi. Va bu bizning ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi qadamimizdir”.
Roumingning tarif doiralari haqidagi batafsil ma’lumot — www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi