E-sport bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Chempionatining estafetasini Samarqand qabul qiladi
21.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

Kelayotgan dam olish kunlari 23-24 avgust kunlari Samarqandda e-sport bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Samarqanddagi turnirlarda Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan e-sportchilar ishtirok etishadi.

“Samarqand nafaqat o‘zining qadimiy tarixi, balki zamonaviy kompyuter klublari va kuchli e-sportchilari bilan ham ajralib turadi. Bu yili Surxondaryo va Qashqadaryodan ham e-spotrchilar taklif qilingan, – deydi chempionat tashkiliy qo’mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. – Birinchiligimizning saralash bosqichini Samarqandda o‘tkazayotganimizdan mamnunmiz, respublikaning ushbu hududidagi e-sportchilar milliy finalda yuksak natijalarni ko‘rsatishadi, deb umid qilamiz”.

23 avgust kuni DotA AllStars o‘yini bo‘yicha Samarqandning “Discovery” klubida guruh turniri bo‘lib o‘tadi, 24 avgust kuni esa Samarqand iqtisod va servis institutining majlislar zalida futbol simulyatori FIFA14 bo‘yicha musobaqalar va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan haftada Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 saralash bosqichi Buxoroda yakunlandi, sentyabrda esa huddi shunday musobaqalar Farg‘ona va Toshkent shaharlarida bo‘ib o‘tadi. 26 sentyabr kuni AKT Haftaligi mobaynida, ICT Expo2014 ko’rgazmasi doirasida respublika birinchiligi finali o‘tkaziladi, 27 sentyabr kuni esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O’zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o’tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

Keyingi uch yil mobaynida Beeline tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli – FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rinni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo‘yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 birinchi saralash bosqichining yakunlari 24 avgust yakshanba kuni Samarqand shahrida sarhisob qilinadi. Chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va turnirlarning o‘tkazilish qoidalarini Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin. Chempionat haqida batafsil ma’lumot bilan www.infocom.uz saytida tanishish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq