FIFA 13 bo‘yicha Osiyo Chempioni e-sport bo‘yicha milliy birinchiligining bosh hakami bo‘ldi
19.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Yangiliklar.
Muallif: .

Pavel Saprikin Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston Chempionating bosh hakami qilib tayinlandi. U Janubiy Koreyadagi IAIMAG 2013 IV Osiyo O‘yindarida “Oltin” medalni qo‘lga kiritib, 2017 yilga qadar virtual futbol bo‘yicha Osiyoning joriy chempioni hisoblanadi.

ucg_19_08_2014

Bugungi kunda Pavelning medali mamlakatning e-sporti tarixida birinchi va hozircha yagona yuksak probali unvon hisoblanadi.

Voqeani sharhlar ekan UCG tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov shunday dedi: “O‘tgan yili Pavel ilk bor milliy birinchilikning bosh arbitri sifatida chiqdi. Yaqinda tugagan charchoqli o‘yin davriga qaramay, u vazifasini a’lo uddaladi va hakamlikning yuksak darajasini ta’minladi. Bu yil ham u biz bilan ekanligidan mamnunmiz: O‘zbekiston geymerlari orasidagi Pavelning obro‘si va uning shaxsiy malakasi o‘yinning haqqoniyligini kafolatlaydi”.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 14 DotA AllStars 5×5 bilan bir qatorda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2014 turnirining rasmiy o‘yinlari hisoblanadi. Chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va turnirlarning o‘tkazilish qoidalarini Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq