Buxoroda e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mintaqaviy saralash turnirlari boshlandi
17.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
16-avgust kuni Buxoro shahrida Game Zone kompyuter klubida e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mintaqaviy saralash turnirlari boshlandi. Musobaqaning birinchi kunida DotA All Stars jamoali o‘yin bo‘yicha musobaqalar turniri o‘tkazildi. Turnirda ishtirok etish uchun jami 22 jamoa ro‘yxatdan o‘tdi.
Musobaqalar yaxshi tayyorlangan 40ta kompyuterga ega klubda o‘tkazildi.
Turnir natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha bo‘ldi:
1 — o‘rinni quyidagi tarkibli Allstars jamoasi egalladi: Atoyev Amir, Salomov Bobur, Jalolov Mirali, Xidoyatov Gaforjon va Elov Sherzod.
2 — o‘rinni quyidagi tarkibli Too Easy For jamoasi egalladi: Temirov Aziz, Kim Konstantin, Baxromov MuxammadAli, Karimov Aziz va Subxanov Shaxzod.
Uchinchi o‘rin uchun musobaqada quyidagi tarkibli TopWar jamoasi egalladi: Baratov Islom, Jurayev Timur, Rafiyev Mirahmad, Abdullayev Shuxrat va Saidxo‘jayev Xayrulo.
17-avgust kuni «Aziya Buxara» otelida, matbuot-anjumanida chempionat mintaqaviy saralash turnirlari va ESWC2014 jahon Kubogi finali milliy saralash turnirlari doirasida, FIFA 14 o‘yini bo‘yicha turnir o‘tkazildi.
Buxoro shahrida DotA All Stars jamoali o‘yin bo‘yicha musobaqalar turniriga oid fotoreportajni bu yerda ko‘rish mumkin.