Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games – endi Facebook‘da
15.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Yangiliklar.
Muallif: .

2014 yil 15 avgust. E-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z vakilligini eng ommabop Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ochdi. Uyushmaning ochilishi Zo’r-Zo’r Uzbekistan Cyber Games 2014 navbatdagi mavsumining ochilishiga bag‘ishlandi.

“Alohida ta’kidlab o‘tishim joiz, bu doimiy tarzda amal qiluvchi loyihaning Facebook-sahifasi, UCG-2014 promo-uyushmasi emas, – deydi Aleksandr Suchkov, UCG tashkiliy qo’mitasi rahbari. – Ijtimoiy maydonchalarda ishtirok etish nafaqat kompyuter o‘yinlari fanatlari bilan o‘zaro munosabatni tezlashtiradi va auditoriyani yangiliklar bilan bohabar qiladi, balki ro‘yhatdan o‘tish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi. Bundan tashqari: bu uni butunlay ochiq-oydin qiladi, va bu kibersport bo‘lishiga qaramay sport intizomlari uchun juda muh»im.

Facebook‘dagi UCG rasmiy sahifasi manzili: https://www.facebook.com/ucguz.

Eslatib o‘tamiz, milliy birinchilik uchun saralash bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining ishtirokchilari uchun 16-17 avgust kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 dasturida – FIFA 14 (individual hisob) DotA AllStars 5×5 (guruh hisobi) o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq