E-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 16 avgust kuni Buxoroda boshlanadi
14.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

beeline_14_08_2014

16 avgust kuni Buxoroda Ye-sporti bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 boshlanadi. Chempionat O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi asosida o‘tkazilmoqda.

“Ko‘p yillik an’anaga ko‘ra birinchi saralash bosqichi Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Ushbu mintaqaviy turnirda Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan e-sportchilar ishtirok etishadi, – deydi Aleksandr Suchkov, chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari.– O‘zbekistonning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlaridagi eng yaxshi geymerlar sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar”.

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 saralash bosqichlari Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda avgust-sentyabr oylariga rejalashtirilgan. 26 sentyabr kuni AKT Haftaligi mobaynida, ICT Expo2014 ko‘rgazmasi doirasida respublika birinchiligi finali o‘tkaziladi, 27 sentyabr kuni esa g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o‘tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

Keyingi uch yil mobaynida Beeline tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli –FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rinni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo’yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

Buxorodagi Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 birinchi saralash bosqichining yakunlari 17 avgust kuni sarhisob qilinadi. Chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va turnirlarning o‘tkazilish qoidalarini Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin. Chempionat haqida batafsil ma’lumot bilan www.infocom.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq