E-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 boshlandi
12.08.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_12_08_2014

16 avgust kuni Buxoro shahrida navbatdagi e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 boshlandi. Chempionat O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi asosida o‘tkaziladi.

ucg_12_08_2014_1

12 avgust kuni Toshkent shahrida, matbuot-anjumanida tashkilotchilar bu yil chempionat qanday o‘tkazilishi haqida so‘zlab berdilar.

«O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va Beeline kompaniyasining ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlashi evaziga O‘zbekiston e-sportchilari asosiy xalqaro turnirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu yil O‘zbekiston terma jamoasi FIFA 15 virtual futbol bo‘yicha Parijda o‘tkaziladigan ESWC2014 jahon Kubogida ilk bor ishtirok etadilar, – deydi Aleksandr Suchkov, chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari. – O‘tgan yillardagidek chempionat doirasida, mamlakatimizning to‘rtta shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi, milliy final ICTExpo 2014 An‘anaviy axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasining asosiy sahnasida o‘tkaziladi».

ucg_12_08_2014_2

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 – ESWC2014 saralash turnirini o‘tkazish jadvali:
1. Rasmiy o‘yinlar:

  • FIFA 2014 – futbol sporti simulyatori, bir kishilik o‘yin.
  • Dota AllStar 5×5 jamoali o‘yin.

    FIFA 2014 turniri g‘olibi Frantsiyada o‘tkaziladigan ESWC2014 jahon kubogi finalida ishtirok etadi.

2. Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari – 16 avgustdan 15 sentyabrga qadar.

  • Buxoroda – 16-17 avgust kunlari;
  • Samarqandda – 23-24 avgust kunlari;
  • Farg‘onada – 6-7 sentyabr kunlari;
  • Toshkentda – 14-15 sentyabr kunlari;

3. Milliy final – 26 sentyabr kuni AKT Haftaligi mobaynida, ICT Expo2014 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.
4. G‘oliblarni taqdirlash marosimi – 27 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o‘tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

ucg_12_08_2014_3

Keyingi uch yil mobaynida Beeline tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda.

2013 yil iyul oyida, Osiyo Olimpiya kengashi homiyligida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

ucg_12_08_2014_4

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli –FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rin(top 8) ni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo‘yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

ucg_12_08_2014_5

Chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va turnirlarning o‘tkazilish qoidalarini Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin. Chempionat haqida batafsil ma’lumot bilan www.infocom.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq