Zarina Nizomutdinova“Be on-line”ning o‘n birinchi o‘yinida ishtirok etdi
11.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 8 avgust kuni soat 12:00da FM 101 O‘zbegim Taronasi radiosining jonli efirida bo‘lib o‘tgan “Beeline Club” bonusli dasturining barcha ishtirokchilari uchun “Be on-line” loyihasining navbatdagi o‘yinining natijalarini sarhisob qilmoqda.

O‘yin boshlanishiga qadar (dushanbadan yakshanbagacha 28 iyuldan 3 avgustga qadar) o‘z ballarini bonus paketiga almashtirgan, yoki “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan barcha ishtirokchilarni o‘n birinchi o‘yin birlashtirdi. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalariga ko‘ra yangi Samsung Galaxy S3 mini smartfonining egasi aniqlandi.

beeline_11_08_2014

(ХХ) Х07 87 92 Rustam Mamanov — Sirdaryo.

Jonli efir chog‘ida taniqli aktrisa Zarina Nizomutdinova bilan nazoratli harid bo‘lib o’tdi. U » La Saveur” restoraniga tashrif buyurib, “Beeline Club” Platinum kartasidan foydalanib, “Beeline Club” bonusli dasturining hamkoridan 20% chegirmani qo‘lga kiritdi.

beeline_11_08_2014_1

Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni o‘yin ishtirokchilaridan biri asosiy sovrin — Samsung Galaxy Note 14ta planshetlaridan birining egasiga aylanishi mumkin.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq