“Beeline”ning “Innovatsiya” aksiyasi doirasida birinchi innovatsion xonadon o‘z egasini topdi
11.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Innovatsiya” aksiyasi doirasida birinchi xonadon o‘yinining natijalarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan juma 8 avgust kuni «Yoshlar» telekanalining to’g’ridan-to’g’ri efirida “Zamonaviy uy” tizimli xonadon va yirik pul sovrinlarining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
““Innovatsiya” aksiyasining birinchi xonadoni o‘ynaldi, va biz g‘oliblarni tanlash jarayoni ochiq-oydinligidan ayniqsa g‘ururlanamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – O‘ylaymanki, biz “Beeline” abonentlarining ishonchini qozondik va uni mustahkamladik, shuningdek ushbu noyob loyihada kelgusida ishtirok etishga rag‘batlantirdik”.
«Yoshlar» studiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish 20:20 da «Beeline» vakillari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva ishtirokida amalga oshirildi. “Zamonaviy uy” tizimli birinchi xonadon bir hafta davomida dushanbadan yakshanbagacha aloqa xizmatlariga $2,5 dan ziyod mablag‘ sarflagan barcha abonentlar orasida o‘ynaldi. “Status” turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etdilar.
Toshkent viloyatidan Behzod Xasanov (ХХ) Х91 5867 xonadon egasiga aylandi. 1 va 2 millionlik yirik pul mablag‘larini 25 ta abonent qo‘lga kiritdilar.
Eslatib o‘tamiz, “Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi