Bugun Yoshlar telekanalida soat 20:20da “Beeline”dan birinchi xonadonning egasi aniqlanadi
08.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Innovatsiya” aksiyasi doirasida bugun Yoshlar telekanalining jonli efirida soat 20:20da bo‘lib o‘tadigan birinchi xonadon o‘yini haqida xabar beradi.

G‘oliblar oshkora ravishda jonli efirga qo’ng’iroq qilib tushgan abonentlarning tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi. Qo‘ng‘iroq qilgan abonent va boshlovchi orasidagi muloqot jonli efirda hay’at guruhi ishtirokida ro‘y beradi. Jonli efirda qo‘ng‘iroqlar +99890 999 0000 va +99890 956 0000 raqamlari orqali qabul qilinadi. Barcha qo‘ng‘iroq qilib tushganlar kafolatli sovrin – 1000 Mb qo‘lga kiritadilar.

beeline_8_08_2014_1

Raqamlar kompyuter dasturida aytib o‘tilgan tartib bo‘yicha o‘ngdan chapga kiritiladi:

  • 5 raqam mos tushganida abonent 1 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • 6 raqam mos tushganida abonent 2 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • Barcha 7 raqami mos tushgan abonent o‘z shahrida joylashgan xonadon egasiga aylanadi.

Har oylik supersovrinlar o’yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga xaftasiga $2,5dan ziyod mablag’ sarflab (dushanbadan yakshanbagacha) “Beeline”ning faol abonenti bo’lish lozim. Status turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etadi.

O‘yinda – “Zamonaviy uy” tizimli 6ta innovatsion xonadon va yirik pul sovrinlari.

“Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq