“Beeline” Toshkentda tarmoq qoplamini yaxshiladi
08.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Toshkentda GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Chilonzor, Olmazor, Sirg‘ali, Xamza, Mirzo-Ulug‘bek, Uchtepa va Shayhontohur tumanlarida yangi asosiy stansiyalar o‘rnatildi.

““Beeline” tarmog‘ining ishonchli qoplami uchun biz ish olib boramiz, va bu kompaniyamiz sohadagi innovatsion yetakchi bo‘lib qolishining omilidir, – deydi “Unitel”ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. – Yangi asosiy stansiyalar poytaxtdagi ovozli aloqa va mobil Interetning sifati jiddiy yaxshiladi, va bu ish davom etmoqda”.

beeline_8_08_2014

Qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish natijasida Sirg‘ali 8 mavzesida, Olmazor tumanidagi Ziyo, Qizg‘aldoq va Beruniy ko‘chalarida, Chilonzor tumanidagi Bunyodkor, Proyektnaya va Qatortol ko‘chalarida Xamza tumanidagi M. Ashrafiy va X. Shamsutdinov ko‘chalarida signalning yuksak darajasi ta’minlandi. Shayhontohur tumanidagi Farobiy ko‘chasida, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Oltin Tepa va Mustaqillik ko‘chalarida, va Humoyun mavzesida, Uchtepa tumanidagi Farxadskaya va To‘qimachi ko‘chalarida aloqa signali yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq