“Beeline O‘zbekiston”ning Twitterdagi sahifasiga 10 000dan ortiq kishi obuna bo‘ldi
07.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy Twitter sahifasiga 10 000-foydalanuvchi obuna bolgani haqida xabar beradi.
“Biz abonentlarni axborotlashtirish uchun barcha kanallarni ishga solishga harakat qilamiz va mijozlarimiz bilan o‘zaro munosabat biz uchun ahamiyatli, – deydi “Unitel” MChJ matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. – Twitter qisqa, ishonchli va vaqtdan samarali foydalanilgan holda ko‘p insonlarga yangilikni yetkazadi, ular esa o‘z navbatida yangiliklarni o‘z do‘stlariga yetkazadilar. Aloqa yo‘lariga bo‘lgan shunday innovatsion yondoshish nafaqat boshqa brendlarga nisbatan oldinda yetakchilik qilishga imkon yaratadi, balki haqiqatdan ham ochiqligimizni tasdiqlaydi”.
2011 yildan beri “Beeline O‘zbekiston” www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com obro‘li halqaro portali tomonidan birinchi raqamli Facebook-brendi deb tan olingan. 2013 yilning yakunlariga ko‘ra esa “Beeline O‘zbekiston” www.odnoklassniki.ru saytida obunachilar soni bo‘yicha birinchi raqamli operator sifatida tan olingan.
Eng yirik aloqа operatorining rasmiy Twitter-sahifasi obunachilarni kompaniya va soha yangiliklari haqida darhol xabardor qilishga, muloqot qilishga, abonentlardan so‘rovlarni qabul qilishga va tanlovlarda ishtirok etishga yordam beradi.
Tafsilotlar http://www.twitter.com/beeline_uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi