“Beeline”ning I yarim yillikda tarmoq rivojlantirilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori $30 000 000dan oshdi
06.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik aloqa operatorining ushbu yilning dastlabki 6 oy mobaynida tarmoq rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori 31 mln AQSH dollariga yetdi. Bunda “Beeline” abonentlarining soni iyun oyining so‘ngiga qadar 10 434 000 kishiga oshdi.

6 avgust kuni eng yirik telekommunikatsiya xizmatlarining xalqaro provayderlaridan biri Vimpelcom Ltd (“Beeline” savdo belgisi) 2014 yilning II choragi uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda yil davomida EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vosita

larning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) O‘zbekistonda yil davomida 6% o‘sdi. Bunda operatsiyalarning marjinalligi 64,2%gacha 0,5 foizlik punktga pasaydi.

“Beeline”ning O‘zbekistondagi abonentlar bazasi aprel-iyun oylarida 10 434 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o‘sish ko‘rsatkichi qariyb 232 000 ni tashkil qildi (+2%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) $5,3dan $5,6gacha 5%ga oshdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – bir yil avvalgi 472 daqiqaga nisbatan 531 daqiqa.

Vimpelcom Ltd ning ikkinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi — 5,1 milliard AQSH dollarini tashkil qildi, EBITDA birlashtirilgan marjasi esa 41% ni tashkil qildi.

II chorak yakunlarini sharhlar ekan “Unitel” MChJ Bosh dirktori Aleksandr Vorobyov shunday dedi: ““Beeline” tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda, bunda 2014 yilda qurilishi rejalashtirilgan baza stansiyalarining asosiy qismi III va IV choraklarga to‘g‘ri keladi. Ishonaman, uskunalar va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar ishonchli aloqa sifati bilan ta’minlagan holda O‘zbekiston bozorida kompaniyaning yetakchiligini saqlab qoladi”.

Tafsilotlar www.vimpelcom.com saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq